Jangovar tayyorgarlik mashgʼulotlari karantin qoidalari asosida oʼtkazilmoqda

93

Milliy armiyamizning jangovar salohiyati tobora oshib borarkan, bu oʼz navbatida uning saflaridagi harbiy xizmatchilarga oʼz ustlarida yanda koʼproq ishlab, doim oʼqish va izlanishda boʼlishni, sohaga doir yangiliklardan bexabar qolmaslikni talab qiladi.

Sharqiy harbiy okrug qoʼshinlarida yurt oʼgʼlonlari jangovar tayyorgarlik mashgʼulotlarini ana shunday talablar asosida olib borishmoqda. Mashgʼulotlar davomida qoʼyilgan vazifalarni bajarishda innovatsion usullardan keng foydalanilmoqda.

Аyni kunlarda harbiy okrugda Vatan himoyachilarining jangovar tayyorgarliklarini oshirish va mustahkamlashga qaratilgan mashgʼulotlar karantin qoidalari asosida tashkil etilyapti. Shuningdek, amaliy mashqlardan oldin elektron oʼquv trenajyorlarida koʼp bor shugʼullanish yigitlarning koʼrsatilgan nishonlarni bexato hamda ortiqcha oʼq-dori sarf qilmasdan ishgʼol etishlarini taʼminlayapti.

Eʼtiboringizga havola etilayotgan fotolavhalar ana shunday jangovar tayyorgarlik mashgʼulotlari jarayonlaridan biridir.

 

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati