Harbiy xizmatchilar ishtirokidagi sport musobaqalarini yuqori saviyada oʼtkazish maqsadida

7

Mudofaa vazirining tegishli buyrugʼiga asosan tuzilgan Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʼshinlarida 2020 yil davomida oʼtkaziladigan sport tadbirlari kalendarь rejasiga muvofiq joriy yilning 26-31 oktyabrь kunlari ofitserlar uch kurashi va koʼp kurash sport turlari boʼyicha Mudofaa vazirligi birinchiligi boʼlib oʼtadi.


Ushbu tadbir harbiy qismlarda jamoaviy jipslikni shakllantirish, kuch, chaqqonlik tezlik va jasurlik kabi sifatlarni rivojlantirish, ofitserlar uch kurash va koʼp kurash sporti boʼyicha harbiy okruglarning terma jamoalariga sportchilarni saralash hamda vazirlik miqyosida oʼtkaziladigan sport oʼyinlari boʼyicha chempionatlarni yuqori saviyada oʼtkazish maqsadida tashkil etiladi.
Bahslarning saralash bosqichida harbiy qism va muassasalardan 30 yoshgacha boʼlgan 2 nafar ofitser, 30-35 yoshgacha 2 nafar ofitser, 35-40 yoshgacha 1 nafar ofitser va 40 yoshdan yuqori 1 nafar ofitserlar ishtirok etadi.
Ishtirokchilar tomonidan quyidagi meʼyorlar bajariladi: 1000, 2000 va 3000 metr uzoqlikka yugurish, 9 mm.li PM qurolidan nishonga oʼq otish, 100 m masofaga suzish.
Musobaqalarning adolatli va shaffof oʼtishini taʼminlash uchun harbiy okruglarda okrug qoʼshinlari qoʼmondonlarining alohida buyrugʼiga asosan komissiyalar tuzilgan boʼlib, ular tomonidan musobaqa gʼolibi Mudofaa vaziri oʼrinbosarining tegishli buyrugʼida koʼrsatilgan ballar jadvaliga asosan aniqlanadi va har bir shartlar baholanib boriladi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati