Kitob komillikka yetaklovchi omildir

13

Kitob mutolaa qilgan kishi oʼziga kerakli bilimlarni olish bilan bir qatorda maʼnaviy ozuqa ham oladi.
Bugungi kunda harbiy qismlardagi kutubxonalar jangovar hamda maʼnaviy va maʼrifiy tayyorgarlik qoʼllanmalaridan tashqari milliy va jahon adabiyotlari bilan toʼldirilgan boʼlib, kitobxon harbiy xizmatchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Harbiy qismlarda yurt oʼgʼlonlarining kitobxonlik bilan shugʼullanishlarini hisobga olgan holda harbiy qism kun tartibiga “Kitob mutoalasi” uchun alohida vaqt ajratilgani ayni haqiqatdir.

Sharqiy harbiy okrug Fargʼona garnizonidagi harbiy qismlarning birida ham boy kitoblar jamlanmasi va kitobxon harbiy xizmatchilar uchun barcha qulayliklarga ega harbiy qism kutubxonasi mavjud.
Bu kutubxonada yurt oʼgʼlonlari uchun jangovar tayyorgarlikning barcha yoʼnalishlari boʼyicha tegishli qoʼllanmalar mavjud boʼlib, ushbu qoʼllanmalardan harbiy xizmatchilar doimiy foydalanib kelishadi. Bundan tashqari ushbu kutubxona milliy va jahon adabiyotining sara asarlari bilan qisqa vaqt oraligʼida boyitilib borilmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati