“Til – millat koʼzgusi” mavzusida bilimlar bellashuvi oʼtkazildi

8

Professional armiyaning harbiy xizmatchisi nafaqat kuch va chaqqonligi, balki oʼzining intellektual salohiyati bilan ham ajralib turishi kerak.
Bugun armiyada harbiy xizmatchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan boʼlib, harbiy xizmat davomida ular kasbiy jangovar tayyorgarlik mashgʼulotlaridan tashqari harbiy qism kutubxonasidan foydalangan holda oʼz maʼnaviy bilimlarini ham muntazam oshirib borishlari mumkin.
Harbiy qismlarda oʼtkazib kelinayotgan turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ham bu borada qoʼl keladi.

 

Sharqiy harbiy okrugning Fargʼona garnizonidagi harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatchi, oddiy askarlar oʼrtasida “Til – millat koʼzgusi” mavzusida bilimlar bellashuvi oʼtkazildi.
Tadbirda ona tilimizning uzoq yillik tarixi va rivojlanishi, oʼzbek tilida yaratilgan sara asarlar, ilk bor oʼzbek tilida ijod qilgan ajdodlarimiz toʼgʼrisida va boshqa qiziqarli savollar bilan jamoalarning bilimlari sinovdan oʼtkazildi.
Qizgʼin bahs va munozaralar asosida oʼtkazilgan ushbu tadbir yakunida gʼolib jamoalar harbiy qism qoʼmondonligi tomonidan taqdirlanib, kelgusida tashkillashtiriladigan bu kabi bilimlar bellashuviga yanada mustahkam tayyorgarlik koʼrishlari, posbonlar oʼz tafakkurini charxlashdan aslo toʼxtamasliklari zarurligi taʼkidlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

O'rtoqlashing
Oldingi yangilikEʼtirofga munosib ustoz