Ustoz va murabbiylar doimo eʼzoz va ardoqda

12

Sharqiy harbiy okrugning Fargʼona, Аndijon va Namangan garnizonlaridagi Mudofaa ishlari boshqarmalarida “1 oktyabrь – Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan tantanali tadbirlar oʼtkazildi.

Unda faxriylar va koʼp yillar davomida yosh harbiy xizmatchilarni shakllantirishda jonbozlik koʼrsatgan hamda shaxsiy namuna boʼlib kelayotgan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Sharqiy harbiy okrug qoʼmondonligi tomonidan tadbir ishtirokchilariga esdalik sovgʼalar va Mudofaa vazirligi koʼkrak nishonlari topshirildi.

– Harbiy okrug qoʼmondonligi tomonidan bizga qaratilgan bunday eʼtibordan juda ham mamnun boʼldim. Kelgusidagi xizmatlarimda bor kuch va gʼayratim bilan Vatanimga sadoqat bilan xizmat qilishga vaʼda beraman, – deb oʼz minnatdorchiligini ifoda etdi Qurolli Kuchlar xizmatchisi Neʼmatjon Rahmatov.

Oʼtkazilgan ushbu tadbir karantin qoidalariga rioya qilingan holda tashkillashtirildi.

Bayramingiz muborak boʼlsin aziz ustozlar!

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati