Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikda yongʼin xavfsizligi

9

Sharqiy harbiy okrug qoʼshinlar qoʼmondonligi harbiy qism va muassasalarida Fargʼona garnizoni yongʼin nazorati inspektsiyasi boshligʼi mayor Baxtiyor Ergashev tomonidan kuz-qish mavsumida yongʼin xavfsizligini oldini olishga qaratilgan amaliy ishlarni yanada kuchaytirish hamda yongʼin oʼchirish komandalarining jangovar shayligini oshirish maqsadida amaliy tayyorgarlik mashgʼulotlari oʼtkazildi.
Mashgʼulot ishtirokchilariga harbiy qismlarda yongʼin xavfsizligi profilaktik ishlarini oʼz vaqtida va sifatli oʼtkazish, yongʼin oʼchirish texnikalarini hamda birlamchi yongʼin oʼchirish anjomlarini shay holda saqlash shuningdek yongʼin xavfsizligi talablariga rioya qilish boʼyicha yoʼriqnomalar va uslubiy koʼrsatmalar berildi.
Oʼquv mashgʼulotdan koʼzlangan maqsadharbiy xizmatchilarningkuz-qish mavsumida yongʼin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari hamda yongʼin oʼchirish komandalarining sodir boʼlgan yongʼinlarni zudlik bilan oʼchirishdagi harakatlarini mustaxkamlashdir.


Yongʼinni oldini olish uni oʼchirishdan oson.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati