Vatan olidagi muqaddas burchni ado etish uchun yo‘lga chiqqan o‘g‘lonlar

8

 

Namangan viloyati mudofaa ishlari boshqarmasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 26 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yigitlarni tantanali kuzatish marosimi o‘tkazildi.
Namangan viloyati hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar, bo‘lajak askarlar, ularning ota-onalari ishtirok yetgan tadbirda harbiy xizmatga yoshlarimizning qiziqish va intilishi tobora ortib borayotgani, Vatan himoyachisi bo‘lish yuksak sharafga aylangani alohida ta’kidlandi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Namangan viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov va Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlar qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik Sobirjon Baybabaev tomonidan mamlakatimiz Qurolli Kuchlari salohiyatini oshirish borasida olib borilayotgan izchil islohotlar haqida so‘z yuritildi, yoshlarga sharafli vazifada muvaffaqiyatlar tilagi bildirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati