Namanganda yozgi biatlon bo‘yicha O‘zbekiston kubogiga start berildi

10

O‘tgan xafta Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarida qiziqarli voqealarga boy bo‘ldi. Shulardan biri  O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi negizida “Yozgi biatlon” bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Tantanali tadbirda Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi bosh murabbiyi Sergey Serebryakov, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Shokirjon Qoraboyev, hamkor tashkilot va idoralar vakillari, OAV xodimlari ishtirok yetdilar.

Ochilish marosimidan so‘ng yozgi biatlon bo‘yicha O‘zbekiston kubogiga start berildi. Musobaqada Toshkent shahri va viloyatlardan jami 109 nafar sportchi ishtirok yetishdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati