Harbiy xizmatchilar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Homid ota O‘zganov holidan xabar olishdi

9

Qadim, azaldan Vatanparvar ajdodlarimizning ko‘rsatgan jasorati mashhur. Yaqin o‘tmishning tirik qaxramonlaridan biri Homidjon ota O‘zganovni mahalladoshlari va Oltiariq tumani aholisi yaxshi biladi. Uning ko‘rsatgan jasorati-yu, matonati yosh avlod uchun o‘rnakdir.

Otaning baquvvat ekanliklari va yuz yoshga yetay deb qolganliklarining o‘ziga xos sirlari bor. Halol mehnat va sog‘lom turmush tarzida, umr kechirgan ota hozir ham tibbiyot hodimlarining doimiy e’tiborida. Sharqiy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari va Farg‘ona harbiy gospitali tibbiyot xodimlari otaxonning holidan xabar olishdi.

1925-yili tug‘ilib navqiron payti notinch manzillarga ketgan otaxon, bugungi tichlikning naqadar bebaholigini yaxshi biladi. Shu bois har gal suhbat chog‘i, «biz ko‘rgan kunlarni ko‘rmanglar» deya duo qiladilar.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati