So‘x tumanida ochiq eshiklar kuni

20

150 nafardan ortiq o‘quvchi yoshlar, nuroniylar Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari So‘x dala o‘quv maydonida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida mehmon bo‘lishdi.

O‘q otishda ham ko‘rgazmali mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Eng qizig‘i bu jarayonlarda yoshlarning ishtiroki ham qiziq holatlarga boy bo‘ldi.

Dala-o‘quv maydoni sharoitida harbiylarning hayoti ham anchagina qiziq bo‘lishiga yoshlar guvoh bo‘lishdi. Har bir jarayonlarda harbiylar bilan birga harakatlarni amalga oshrishlari vaqtida ko‘plab ma’lumotlarga ham ega bo‘lishdi.

Jangovor qurollar bilan yaqindan tanishishda ham yoshlarning ishtiroki qizg‘in. Harbiylarning dala sharoitida ovqatlanishlari ham o‘zgacha va bu jarayonlarda yoshlar ishtirok etishdi.

Bu “ochiq eshiklar kuni” yoshlar va nuroniylarga harbiylarning hayotini yaqindan tanishtira oldi.

Shu kuni Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tashabbusi bilan “mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Unda asosan 50 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi.
Tumanda kitob yarmarkasi ham tashkil etilgani kitobxon yoshlarga quvonch ulashdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati