Mirzajon ota Xo‘janov o‘gitlari yoshlarga o‘rnak

66

Ikkinchi jahon urushi yillarida yashagan yoshi ulug‘ yurtdoshlarimiz bugungi tinchlik naqadar bebaho ekanligini qalban his etib, doimo shukrona aytib yashaydilar. Hozirgi lavha So‘x tumanidagi Mirzajon ota Xo‘janov haqida.

Zahmatli damlar, og‘ir umr vaqtlarini sabr va matonat bilan yengib o‘tganlar bugun, dorilomon damlarda baxtiyor hayot kechirishmoqda. Farg‘ona viloyati So‘x tumanida yashovchi Mirzajon ota Xo‘janov.

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoning birinchi o‘rinbosari, jamoat tashkilotlari vakillar va tuman hokimi Mirzajon ota bilan dildan suhbat qilishdi.

Mirzajon ota 1921 yilda tug‘ilib, voyaga yetgach o‘qituvchilik bilan shug‘ullangan. Otaxon ikkinchi jahon urishi vaqtlari front ortida xizmat qilgan. Tumandagi yuklarni jo‘natishda boshchilik qilgan yurt o‘g‘loni, o‘sha yillardagi qiyinchiliklarni tez-tez yodga olib turadi. Biz tinch zamon vakillari mana shunday hayotiy hikoyalarni eshitib, bugungi farovon kunlarning qadriga yetmog‘imiz kerak.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati