JASORATLI VA MARD O‘G‘LONLAR UMUMXALQ HASHARIDA!

31

Yurtimizda 14-15 mart kunlari umumxalq xayriya hashari deb e’lon qilingani yurtdoshlarimizga bahoriy kayfiyat baxsh etdi. Tabiat qishki libosin yechib, borliq bahor havosi, nafasi bilan burkanayotgan pallada xalqimizga xos hasharlar avjida.
Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy xizmatchilari ham hasharda o‘z jonbozliklarini namoyon etdilar.
Andijon, Namangan va Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismlarda, ko‘chalarda, qabristonlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoishiga asosan tashkil etilgan “Obod yurt” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari yurtimizning obodonligi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati