“Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostida “Аrmiya va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi!

3

Sharqiy harbiy okrug qoʼshinlari qoʼmondonligi tashabbusi bilan Fargʼona shahridagi harbiy qismlarning birida, Oʼzbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Fargʼona viloyati Kengashi, Fargʼona davlat universiteti, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi, Oʼzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Fargʼona viloyati boʼyicha boshqarmasi, viloyat Farqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda «Vatanparvarlik milliy yuksalish kafolati» shiori ostida «Harbiylar va yoshlar» uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
Dastlab oʼquvchi yoshlar uchun harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan 26 ta oʼquv nuqtalarida mashgʼulotlar oʼtkazildi.
Shundan soʼng oʼquvchi yoshlar harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdilar.
Tadbir davomida harbiy boʼlinmalarning qurol-aslaxa va harbiy texnikalarining namoyishi oʼtkazildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati